12:57 / 09.02.2021
22586

Toshkent shahar FVBga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga boshliq tayinlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, general-mayor Ravshan Haydarovich Haydarov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi. 

Bunga qadar Ravshan Haydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida Muxtor Muhiddinov ishlab kelgan. U 2020 yil noyabr oyi boshida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi. 

Top