21:50 / 10.02.2021
3692

JAR AstraZeneca kompaniyasining bir yarim million doza vaksinasini sotishi yoki almashtirishi mumkin

JARda koronavirusning yangi shtammiga nisbatan vaksinaning samarasi atigi 10 foiz ekanligi ma'lum bo‘lganidan so‘ng Oxford-AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgandi.

Foto: Getty Images

Janubiy Afrika Respublikasi koronavirusning yangi shtammiga qarshi ta'sirchanligi kamligi sababli Oxford-AstraZeneca vaksinasini sotish yoki almashtirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda VVS xabar berdi.

JARda koronavirusning yangi shtammiga nisbatan vaksinaning samarasi atigi 10 foiz ekanligi ma'lum bo‘lganidan so‘ng tibbiyot xodimlarini Oxford-AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgandi.

 Mamlakat buning o‘rniga Johnson & Johnson vaksinasidan foydalanishni mo‘ljallamoqda.

 Janubiy Afrika bir yarim million doza AstraZeneca vaksinasiga ega bo‘lib, hukumat hozirda ularni nima qilishni o‘ylamoqda.

Mavzuga oid
Top