13:22 / 11.02.2021
9752

Jizzaxda orqa shinasi havo chiqarib yuborgan «Lasetti» beton to‘siqqa urildi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Joriy yilning 10 fevral kuni soat 14:00larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 982-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Termiz-Toshkent” yo‘nalishida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi “Lasetti” avtomobilining orqa shinasi havo chiqarib yuborishi oqibatida, haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan.

Natijada, ushbu avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top