2021 yil 10 fevral kuni «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilot sifatida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi xabar bermoqda.
Klub faoliyatining asosiy maqsadi sifatida:
- yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
- intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish;
- yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirish;
- respublikaning turli hududlaridagi zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish;
- ta'lim muassasalarida intellektual to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish;
- professional va havaskor bilimdonlar ishtirokida intellektual loyihalarni amalga oshirish kabilar belgilandi.
Avvalroq, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi yig‘ilishida «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotini tuzish haqida qaror qabul qilingani xabar berilgandi.