18:37 / 16.02.2021
11988

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Alisher To‘rayev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari - Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori vazifasida ish boshladi.

Alisher Melsovich To‘rayev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Alisher To‘rayev 1961 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi bo‘yicha biolog-genetik, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini tugallagan.

Vena universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida, Rossiya Federatsiyasi Fizika – texnika institutida faoliyat yuritgan.

To‘rayev 2019 yilning iyun oyidan buyon Toshkent davlat agrar universiteti, “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13 yanvar kuni Botirjon Sulaymonovning o‘z vazifasidan ozod qilinishi ortidan ushbu lavozim bo‘sh qolayotgandi.

Top