10:29 / 18.02.2021
9393

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi

Joriy yilning 18 fevral kuni Chilonzor, Uchtepa va Mirobod tumanlaridagi ba'zi hududlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, soat 10:00dan 19:00gacha Chilonzor tumanining:  

  • "Nafosat" MFY;                                                                                                             
  • "Qatortol" MFY; 
  • "1-Qatortol" MFY; 
  • "Cho‘pon ota" MFY; 
  • “Lutfiy” MFY; 
  • Oripova ko‘chasida;
  • Chilonzor 7-mavzeda;
  • soat 11:00dan 16:00gacha Uchtepa tumani THAY ko‘chasidagi ayrim uylarda;
  • soat 10:00dan 18:00gacha Mirobod tumani Qo‘shko‘prik ko‘chasida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. 

Top