08:06 / 19.02.2021
9036

Koronaviruslarni aniqlovchi universal va aniq test ishlab chiqildi

Foto: pixabay.com

AQShdagi Kolumbiya universiteti va Xitoydagi Sun Yatsen universiteti olimlari barcha ma'lum koronaviruslar, jumladan SARS-CoV-2’ning mutatsiya qilgan variantlariga antitanalarni aniqlovchi yuqori aniqlikdagi universal testni ishlab chiqishdi

Communications Biology nashrida yozilishicha, olimlar insonni zararlovchi barcha koronaviruslarning oqsillarini qamrab oluvchi 3 millionta immun markerlaridan iborat HCoV-Peptide chipini yaratishgan. 

Mutaxassislar dastlab SARS-CoV-2’ga chalingan kasallik belgilariga ega bo‘lmagan, yengil yoki og‘ir darajadagi bemorlar, shuningdek, sog‘lom va SARS-CoV-1 hamda mavsumiy koronaviruslarga chalingan kishilar qonlari namunalarini tahlil qilishgan.  

Olimlar tahlil davomida SARS-CoV-2’ga xos va unga turdosh bo‘lgan 29 peptidni aniqlashgan. So‘ngra HCoV-Peptide sog‘lom, COVID-19’ga chalingan va boshqa koronaviruslarga antitanalarga ega odamlardan olingan qon namunalari yordamida sinalgan.   

Olingan natijalar yangi yondashuv 98 foizlik samaraga egaligini ko‘rsatgan.

Top