13:38 / 19.02.2021
22589

Prezident: «Men ham Namangan bog‘lariga dam olgani kelay, 4-5 soat majlis qilishga majbur bo‘lmaylik»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Namanganda xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashayotgan Shavkat Mirziyoyev kelajak rejalari haqida gapirdi. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, prezident odamlarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha ma'ruza qilgan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga shunday dedi:

«Har kelganda 4-5 soatlab majlis qilishga to‘g‘ri keladi. Doim kuni bilan yurib, yarim kechasi dam olgani kiraman, ertalab yana boshqa masalalarni hal qilish uchun yurish kerak. Men ham Namanganning bog‘lariga dam olishga kelishni istayman. Buning uchun bugun oldimizga qo‘ygan vazifalarni sidqidildan bajarishimiz kerak», – dedi prezident.

Top