20:17 / 19.02.2021
2095

Xitoyda koronavirusga qarshi oltita vaksina uchinchi bosqich sinovidan o‘tkazilmoqda

Xitoy hukumati koronavirusdan davolash va uning oldini olish uchun mo‘ljallangan 22ta preparatning klinik sinovlari o‘tkazilishiga ruxsat bergan.

Foto: chinanews.com

Xitoyda koronavirusga qarshi 16ta vaksina ustida tadqiqotlar olib borilmoqda, ularning oltitasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichida. Bu haqda China News Service xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Xitoy hukumati koronavirusdan davolash va uning oldini olish uchun mo‘ljallangan 22ta preparatning klinik sinovlari o‘tkazilishiga ruxsat bergan. Ikkita preparat bozorda cheklangan miqdorda sotilishiga ruxsat berilgan.

Xitoy olimlari beshta texnologik uslub asosida ishlab chiqilgan vaksinalarni sinovdan o‘tkazmoqda. 

Bugunga qadar dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlamalar soni 193 milliondan oshgan. Eng ko‘p emlash AQShda amalga oshirilgan – 59 mln doza. Isroilda esa aholining 78 foizdan ortig‘i emlab bo‘lindi.

Top