11:39 / 20.02.2021
56460

21 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 21 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
 
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
 
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Top