18:28 / 20.02.2021
6326

Kobulda bir nechta portlash sodir bo‘ldi

Politsiyaning ma'lumot berishicha, dastlabki ikkita portlash 15 daqiqa oraliqda, uchinchisi esa ikki soatdan so‘ng yuz bergan.

Foto: AP Photo/Rahmat Gul

Afg‘oniston poytaxti Kobulda qator portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Portlashlar oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan.

Politsiyaning ma'lumot berishicha, dastlabki ikkita portlash 15 daqiqa oraliqda, uchinchisi esa ikki soatdan so‘ng yuz bergan.

Hozircha portlashlar uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Yanvar oxirlarida ham mamlakatda bir kun ichida bir nechta portlash sodir bo‘lgandi.

Top