13:13 / 21.02.2021
12413

Samarqandda «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketdi

Bugun, 21 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Kamaz» yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ma'lum bo‘lishicha, hodisa Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa bo‘yicha Kun.uz’ga ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 21 fevral kuni soat 11:00 larda M39 Almati–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand tumani «Chumchuqli» mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, yong‘in yuk mashinasi simlarida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqan va FVB yong‘inga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Yuk mashinasining kabinasi, motor qismi va old shinalari jiddiy zarar ko‘rgan.

Mavzuga oid
Top