15:33 / 22.02.2021
10501

AQShda farzandi sovuqda halok bo‘lgan oila energetika kompaniyasidan 100 mln dollar talab qildi

Ma'lumot berilishicha, Konro shahri elektr ta'minotisiz qolganidan so‘ng treylerda tunagan 11 yoshli Kristian Pavon vafot etgan.

Foto: Getty Images

Texas shtatida farzandi sovuqda halok bo‘lgan oila shtatdagi iste'molchilarning qariyb 90 foiziga xizmat ko‘rsatuvchi ERCOT (Electric Reliability Council of Texas) energetika kompaniyalari guruhi va mahalliy Entergy kompaniyasini sudga berib, 100 mln dollar tovon puli to‘lashini talab qildi. Bu haqda KHOU telekompaniyasi xabar bermoqda.

Telekompaniyaning ma'lumot berishicha, Konro shahri elektr ta'minotisiz qolganidan so‘ng treylerda tunagan 11 yoshli Kristian Pavon vafot etgan. Oilasining so‘zlariga ko‘ra, bola sovuq qotish natijasida halok bo‘lgan.

Entergy Pavonning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirgan. Shu bilan birga, ERCOT mahalliy energetika kompaniyalari elektr tarmoqlarini o‘chirib to‘g‘ri ish qilganiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada AQShning qator hududlarida anomal sovuq va qor bo‘ronlari sodir bo‘ldi. Noqulay ob-havo sababli elektr ta'minotida uzilishlar ro‘y berdi, qator korxonalar ish faoliyati to‘xtab qoldi. Ellikka yaqin kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.

Prezident Jo Bayden Texas shtatini tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi.

Mavzuga oid
Top