22:28 / 27.02.2021
5910

La Liga. «Barselona» safarda «Sevilya»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

La Liga 25-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda «Barselona» safarda «Sevilya» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvda Usmon Dembele va Lionel Messining gollari Ronald Kuman jamoasiga g‘alaba keltirdi. Ikki futbolchi ham gol urish bilan birga o‘z hisoblariga assist yozib qo‘yishdi.

Ushbu g‘alaba evaziga «Barselona» turnir jadvalidagi ochkolari sonini 53taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Sevilya» esa 48 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

La Liga. 25-tur
Sevilya – Barselona 0:2
Gollar
: 0:1 – 29 Dembele, 0:2 – 85 Messi.
Sevilya – Bunu, Navas, Kunde, Diyego Karlos (Rekik, 46), Eskudero, Jordan, Rakitich (Oskar Rodriges, 63), Fernando, Gomes (Suso, 46), Munir (An-Nosiri, 46), de Yong (Oliver Torres, 63).
Barselona – ter Stegen, Langle, Mingesa, Alba, Dest, Dembele (Breytueyt, 82), de Yong, Pedri (Moriba, 71), Buskets, Pike (Arauxo, 67; Umtiti, 82), Messi.

Eybar – Ueska 1:1
Gollar
: 0:1 – 81 Sandro Ramires, 1:1 – 83 Diop.
Eybar – Yoel Rodriges, Bigas (Arbilya, 17), Xose Anxel (Rafa Soaresh, 78), Oliveyra, Poso, Eksposito, Leon (Rodriges, 79), Diop, Xil (Aleish Garsiya, 79), Kike Garsiya, Enrik (Muto, 70).
Ueska – Alvaro Fernandes, Galan, Pulido, Siovas, Maffeo (Pedro Lopes, 87), Ferreyro, Dumbiya (Mikel Riko, 64), Seoane, Insua, Dani Eskriche (Sandro Ramires, 73), Rafa Mir (Serxio Gomes, 87).

Mavzuga oid
Top