10:59 / 01.03.2021
6867

«Toj» tantanasi: Los-Anjyelesda «Oltin globus» mukofoti o‘z egalariga topshirildi

Malika Diana hayoti haqidagi tarixiy drama - «Toj» eng yaxshi serial sifatida «Oltin globus»ni qo‘lga kiritdi. Eng yaxshi mini-serial - «Qirolichaning yurishi».

Foto: Michael Tran/FilmMagic

Los-Anjyelesda 1 mart, dushanbaga o‘tar kechasi 78-marta «Oltin globus» mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy mukofotlaridan biri - eng yaxshi dramatik serial - Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hukmronligi haqidagi «Toj» tarixiy dramasiga berildi.

Serialda shahzoda Charlz rolini o‘ynagan Josh O'Konnor teleserialning eng yaxshi aktyori, «Toj» filmida malika Diana rolini ijro etgan britaniyalik Emma Korrin esa teleserialning eng yaxshi aktrisasi sifatida «Oltin globus» mukofotiga sazovor bo‘ldi. 

Emma Korrin malika Diana rolida

«Qirolichaning yurishi» psixologik trilleri eng yaxshi mini-serial deb topildi, unda rol ijro etgan Anya Teylor-Joy esa mini-seriallarning eng yaxshi aktrisasi sifatida e'tirof etildi.

Eng yaxshi ssenariy uchun mukofot Aaron Sorkinga 1960-yillarning oxirida AQShda urushga qarshi faollar ustidan bo‘lib o‘tgan sud jarayoni to‘g‘risidagi «Chikagodagi yettilik ustidan sud» tarixiy dramasi uchun berildi. 

«Qirolichaning yurishi» filmidan lavha

Eng yaxshi animatsion kartina bo‘yicha mukofot Pixar kompaniyasining Soul («Qalb») filmiga topshirildi. 

Kechaning bosh mukofoti - eng yaxshi dramatik film uchun «Oltin globus» - Xloya Chjaoning «Ko‘chmanchilar yeri» filmiga nasib etdi. 

«Oltin globus» mukofotining barcha g‘oliblari:

  • Drama janridagi eng yaxshi film: «Ko‘chmanchilar yeri»;
  • Eng yaxshi komediya yoki myuzikl: «Borat 2»;
  • Eng yaxshi rejisser: Xloya Chjao; 
  • Eng yaxshi ssenariy: Aaron Sorkin;
  • Eng yaxshi aktyor (drama janridagi filmda): Chedvik Bouzman;
  • Eng yaxshi aktrisa (drama janridagi filmda): Andra Dey;
  • Eng yaxshi aktyor (komediya yoki myuziklda): Sasha Baron Koen;
  • Eng yaxshi aktyor (komediya yoki myuziklda): Rozamund Payk;
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Deniel Kaluya;
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jodi Foster;
  • Eng yaxshi xorij filmi: «Minari» — Janubiy Koreya;
  • Eng yaxshi animatsion film: «Qalb»;
  • Eng yaxshi saundtrek: Trent Reznor, Attikus Ross, Jon Batist;
  • Eng yaxshi qo‘shiq: «Io Sí (Seen)»;
  • Sesilla B. nomidagi karerasidagi yutuqlari uchun faxriy «Oltin globus»: Jyeyn Fonda;
  • Drama janridagi eng yaxshi serial: «Toj»;
  • Eng yaxshi komediya serial: «Shits Krik»;
  • Eng yaxshi film yoki mini-serial: «Qirolichaning yurishi»;
  • Eng yaxshi aktyor (drama janridagi serialda): Josh O’Konnor;
  • Eng yaxshi aktrisa (drama janridagi serialda): Emma Korrin;
  • Eng yaxshi aktyor (komediya janridagi serialda): Jyeyson Sudeykis;
  • Eng yaxshi aktrisa (komediya janridagi serialda): Ketrin O’Xara;
  • Eng yaxshi aktyor (telefilm yoki mini-serialda): Mark Ruffalo;
  • Eng yaxshi aktrisa (telefilm yoki mini-serialda): Anya Teylor-Joy;
  • Televideniyedagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor: Jon Boyyega;
  • Televideniyedagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa: Jillian Anderson;
  • Televideniyega qo‘shgan hissasi uchun maxsus mukofot: Norman Lir.
Mavzuga oid
Top