23:39 / 02.03.2021
10505

Afg‘onistonda mahalliy televideniyening 3 xodimasi otib ketildi 

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida mahalliy teleradiokompaniya Enikass TV’ning 3 xodimasi o‘ldirib ketildi. Noma'lum kimsa ishdan uyga qaytayotgan ayollarni o‘qqa tutgan.

“Ular uylariga piyoda qaytayotganlarida otib ketildilar”, deb ma'lum qilgan kompaniya direktori Zalmay Latifa.

Jurnalistlarning o‘ldirilishi uchun hozircha hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

BMTning Afg‘onistondagi missiyasi ushbu qotillikni qoralagan.

Top