16:14 / 02.03.2021
13065

Dunyodagi milliarderlar soni ma'lum qilindi

Butun dunyodagi barcha milliarderlarning yarmidan ko‘prog‘i Xitoy va AQShga to‘g‘ri keladi.

Xitoy / Foto: Pixabay

Butun dunyodagi milliarderlar soni 3228 nafarga yetdi, deyiladi Hurun Research Institute tadqiqotida.

Sayyoradagi milliarderlarning umumiy boyligi 14,7 trillion dollarga yetgan.

Milliarderlar soni bo‘yicha Xitoy yetakchi. Agar AQShdagi milliarderlar 696 nafar bo‘lsa, Xitoyda 1058 nafar milliarder yashaydi. Dunyodagi barcha milliarderlarning yarmidan ko‘prog‘i Xitoy va AQShga to‘g‘ri keladi.

Hindiston 177 nafar milliarder bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. 

Amazon asoschisi Jyeff Bezos 184,3 mlrd dollar bilan dunyoning eng boy kishilari reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask (169,9 mlrd dollar) va Louis Vuitton Moët Hennessy prezidenti Bernar Arno (158,4 mlrd dollar) joylashgan.

Mavzuga oid
Top