09:00 / 03.03.2021
3139
Reklama

Boulevard biznes markazida qanday qilib savdo-tijorat hududini samarali tashkil etish mumkin?

Dream City Development kompaniyasi Boulevard biznes markazining birinchi qavatidagi tijorat binolarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berdi.

Yangi Boulevard biznes markazi – bu poytaxt markazidagi foydali va nufuzli maskan. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida bunyod etilgan o‘ziga xos me'moriy yechimga ega bo‘lgan ushbu zamonaviy biznes markazida savdo va ofis joylari tashkil etilgan. Ikki qavatli mahobatli bino biznesni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan tijorat ko‘chmas mulki hisoblanadi.

Boulevard biznes markazining birinchi qavatida 14 ta savdo joyi joylashgan bo‘lib, ularning asosiy ajralib turadigan xususiyati shundaki bino shiftining balandligi – 7 metrni tashkil etadi. Bu esa sizga istagan dizayn loyihangizni amalga oshirishga hamda mavjud joydan samarali foydalanib, maydonni ikki darajali keng maskanga aylantirish imkoniyatini beradi. Shu tariqa bitta joyni xarid qilib, undan ikki barobar ko‘p maydonga ega bo‘lasiz. Qo‘shimcha maydon javon, podium, jamoat yoki ma'muriy maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin.

Bunday ikki darajali binolar zamonaviy trend – merchendayzing (merchendising) marketing metodlari tufayli mashhurlikka erishdi. Bu samarali marketing vositasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi raqobatbardoshlikni, savdo darajasini, tashrif buyuruvchilar sonini oshirish, teskari konvertatsiya qilish, ma'lum bir brend yoki kompaniyaning mijozlariga sodiqligini va boshqalarni oshirishdir. Bu metod kompaniyangiz muvaffaqiyatiga albatta ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Boulevard biznes markazining savdo va tijorat binolari iste'molchilar talabini kafolatlaydigan zaruriy xususiyatlari to‘plami va yuqori qiziqish uyg‘ota olishi bilan ajralib turadi. Har bir joy alohida kirish joyiga ega. Shu sabab tashrif buyuruvchilar o‘zlariga kerakli do‘kon yoki muassasani izlash uchun markazni aylanib yurish zaruriyatidan xalos bo‘lishadi.

Har bir joyga maxsus ko‘rsatkich va belgilar o‘rnatiladi hamda bino panorama oyna bilan jihozlanadi. Bu esa do‘kon yoki xizmat ko‘rsatuvchining ichki intererini maksimal darajada namoyon etadi. Taklif etilayotgan savdo va tijorat binolari katta hajmda, turli variantlarda bo‘lib, ularning maydoni 111 dan 205 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Bu yerda savdo bilan bog‘liq har qanday g‘oyani osonlikcha amalga oshirish mumkin.

Birinchi qavatda oziq-ovqat do‘koni, maishiy texnika, kiyim-kechak yoki poyabzal butigi, parfyumeriya do‘koni, shuningdek ko‘p formatli ovqatlanish shoxobchalari yoki xizmat ko‘rsatish muassasalari kabilarni tashkil etish imkoniyati bor. Boulevard biznes markazidagi tijorat binolari qurilishining yakuniy bosqichida bo‘lajak xaridorlarga yuqori rentabellikka ega joylarni sotib olish uchun eng qulay shartlar taklif etiladi.

Ayni damda kompaniya maxsus chegirmalar, qulay muddatli to‘lov va kreditga xarid qilish imkoniyatini taqdim etmoqda. Poytaxt markazidagi istiqbolli tijorat ko‘chmas mulkiga foydali sarmoyalar kiritish imkoniyatini boy bermang!

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top