13:04 / 03.03.2021
13262

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Hukumat qarori bilan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 mart kungi 115-son qarori bilan Qurbon Ibrohimovich Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ish boshladi.

Qurbon Tursunov «Issiqlik manbai» DUK direktori, «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Sherzod Hidoyatov Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlangandi.

Sh. Hidoyatov o‘z faoliyatini bir qator korxona va tashkilotlarda samarali boshlab, «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi direktori, qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Top