15:27 / 04.03.2021
7268

«O‘zbekneftgaz» tizimidagi «Kuchlik neft bazasi»da O‘zbekistondagi ilk avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yuzasidan «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida jamiyat tasarrufidagi «Kuchlik neft bazasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish boshlangandi. Yaqinda mazkur jamiyatda tayyor mahsulot parklarida neft mahsulotlarining hisobini olish avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi amaliyotga joriy etildi.

 Rustam Abduqodirov, «O‘zbekneftgaz» AJ ishlab chiqarishni texnik tartibga solish departamenti bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida ishchi guruh shakllantirildi.

 Rustam Abduqodirov

 Ishchi guruh tomonidan esa «Yo‘l xaritasi» tuzilib, unga asosan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, jamiyatga qarashli «Kuchlik neft bazasi» MChJda pilot dasturi amalga oshirilib, ushbu dasturga asosan sig‘imlarda saqlanayotgan neft mahsulotlarining hisobotini yuritish, ularning tezkor ma’lumotlarini dispetcherlarga yetkazib berish bo‘yicha «Albatros» kompaniyasiga qarashli bo‘lgan kompaniya bilan birgalikdagi hamkorlikda sig‘imlarga o‘lchov vositalari o‘rnatildi. Ushbu o‘lchov vositalari asosida sig‘imda saqlanayotgan mahsulotning harorati, balandligi va miqdorini aniqlab turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri dispetcherning xizmatiga ma’lumotlar yetkazib berilmoqda. Ushbu berilgan ma’lumotlarga asosan neft bazaga kelgan, sig‘imlarda saqlanayotgan, qabul qilinadigan va tarqatilayotgan neft mahsulotlari hisobotlari ma’lumotlar onlayn tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri dispetcherlik xizmatida ko‘rinib turadi.

Bundan tashqari, buning yana bir yaxshi tomoni sig‘imlarda saqlanayotgan mahsulotlarning og‘irligini o‘lchashda operatorlarni jalb qilar edik. Ushbu operatorlar har bir sig‘imga chiqib, mahsulotning balandligi va haroratini o‘lchab, hisob-kitob qilib, uni dispetcherlik xizmatiga topshirganiga qadar 2-3 soat vaqt talab qilardi. Hozir esa bu shaffof ravishda onlayn, to‘g‘ridan to‘g‘ri sig‘imlarda saqlanayotgan mahsulotlar dispetcherga yetkazib beriladi. «Kuchlik neft bazasi» Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, kunlik miqdori o‘rtacha Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi xususiy AYoQShlarga, undan tashqari, qishloq va xalq xo‘jaligiga avtobenzin va dizel yonilg‘ilari yetkazib beriladi.

 Akrom Eshtemirov, Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari

 Akrom Eshtemirov

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan «O‘zbekneftgaz» AJ «Kuchlik neft bazasi» MChJda 25ta sig‘imga elektron sath o‘lchagichlar o‘rnatildi. Umuman, neft bazada neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi ASKUE tizimga o‘tkazildi.

 Jasur Mo‘minov, Muhandis metrolog

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «Kuchlik neft bazasi» MChJga neft mahsulotlari neftni qayta ishlash zavodlaridan vagon-sisternalar orqali jo‘natiladi. Yuklab jo‘natilayotgan neft mahsulotlari bu yerda o‘rnatilgan 200 tonnalik «Titan» markali elektron tarozi yordamida miqdori o‘lchab olinadi.

 Jasur Mo‘minov

Qabul qilingan neft mahsulotlari laboratoriya tomonidan standart normalari asosida sifat-pasport ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshiriladi. Tekshirilgan neft mahsulotlarini laboratoriya xulosasiga asosan bazamizda saqlanayotgan sig‘imlarga quyish uchun ruxsat beriladi. Undan so‘ng, iste’molchilarga tarqatish jarayoniga ruxsat beriladi.

 Bu yerda har bir markali mahsulotlar turlari yozilgan. Bugungi, o‘tgan oyniki, undan oldingi oyniki va kechagi kunniki qancha mahsulotlarni qabul qilinganligi o‘z-o‘zidan boshqaruv onlayn rejimiga elektron tarozi orqali tortilganidan so‘ng kiritiladi. Shundan keyin tarqatish jarayonida shu yerda o‘rnatilgan 60 hamda 40 tonnalik tarozilarda tortib olinib, undan so‘ng iste’molchiga qanday va qaysi mahsulot quyilayotgani monitorda ko‘rinadi. Qolaversa, qancha mahsulot qaysi rezervordan chiqayotgani, qaysi mahsulot turi chiqayotgani hamda qancha yonilg‘i mashinasi va qancha mahsulot chiqqani avtomat ravishda saqlanib boriladi.

 Mahsulotlar qabul bo‘lish jarayoni asosan temir yo‘l tarozi orqali tortib olingan mahsulotlar qaysi sig‘imlarga quyilayotgani, massasi, harorati hamda mahsulotning zichligi kiritiladi. Mazkur jarayonlar avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida dispetcherlik bo‘limida ko‘riladi. Keyin esa laboratoriya tomonidan berilgan sifat pasportiga ko‘ra quyishga ruxsat beriladi va bu jarayon ham monitorda aks etadi.

 Shuningdek, iste’molchilarga tarqatilayotgan neft mahsulotlari ham operatorlar tomonidan onlayn kuzatib boriladi. Hozirda har bir sig‘imlarimizda qancha mahsulot mavjudligi, uning sathi, qancha suv bor-yo‘qligi, harorati, sof hamda massa og‘irligini ko‘rsatadi.

 Bu laboratoriya tahlillari ham onlayn boshqaruv dispetcherlikka chiqarilgan. Oldin laboratoriyada har bir sig‘imlardagi mahsulotlarga sifat-pasportini yozib berish ancha vaqt talab qilardi. Hozirda laboratoriyadan turib sifat pasportlari tekshirilganda avtomatik holatda onlayn rejimda ko‘rsatib turiladi. Tovar-operatorlar tomonidan ushbu har bir sig‘imda saqlanayotgan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari ko‘rilganidan so‘ng, iste’molchilarga tarqatiladi. «O‘zbekneftgaz» AJda ham onlayn dispetcherlik tizimi joriy qilingan. Hozirda «O‘zbekneftgaz» AJdagi dispetcherlar tomonidan «Kuchlik neft bazasi»da qancha miqdorda saqlanayotgani yoki quyish mumkin ekanligini ko‘rish mumkin.

Elyor Xudayshukurov, «Kuchlik neft bazasi» MChJ direktori

Elyor Xudayshukurov

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining topshirig‘iga binoan, «Kuchlik neft bazasi»ga avtomatlashtirilgan onlayn tizim yaratildi. Bu tizimning ustun jihatlari birinchi navbatda shaffoflikni ta’minlaydi. Bizning mana shu sig‘imlarimizda qanday mahsulot saqlanayotgan bo‘lsa, «O‘zbekneftgaz» AJda ham onlayn ravishda ko‘rinib turadi. Bu ish O‘zbekiston tarixida ilk marta «Kuchlik neft bazasi»da amalga oshirildi. Bu bizga juda ko‘p qulayliklar yaratib berdi. Inson omilini kamaytirdi. O‘tirgan joyimizda ham telefonimiz orqali nima ish ketyapti, qanday mahsulot qayerga chiqyapti, hammasini ko‘rib turamiz. Bu bilan shaffoflik ta’minlandi.

Ta’kidlash lozim, avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatilishi natijasida neft mahsulotlari hisobini yuritishda to‘liq aniqlikka erishilmoqda. Mahsulotlar sifatini yaxshilash va «operativ» boshqaruvda qulayliklarga erishish ham ta’minlangan. Shuningdek, bu tizim orqali neft bazasidagi barcha ma’lumotlar «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Markaziy dispetcherlik xizmatida onlayn rejim asosida ko‘rinib turadi. Ushbu tizim hozircha yagona bo‘lib, 2021 yil yakuniga qadar yana 14ta neft bazasida ham shunday zamonaviy avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi belgilangan.

Jurnalist Tolib Raxmatov

Mavzuga oid
Top