11:41 / 04.03.2021
6699

Toshkent shahrining ikki tumanida bosh soliqchilar o‘zgardi

Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Umid Bahromovich Aminjonov

DSQ xabariga ko‘ra, Umid Bahromovich Aminjonov Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Umid Aminjonov 1984 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2008 yilda Toshkent Davlat agrar universitetini tamomlagan.

U. Aminjonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Abdumuxtor Abdug‘afurovich Malikov

Abdumuxtor Abdug‘afurovich Malikov Toshkent shahri Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Abdumuxtor Malikov 1985 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Toshkent moliya institutini Ko‘chmas mulk bozori, baholash va rieltorlik ishi, moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
 
A. Malikov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Yashnobod tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Top