20:42 / 05.03.2021
4400

“O‘zstandart” agentligi: Gazobeton qurilish mahsulotining standart talablari asosida ishlab chiqarilishi o‘rganilmoqda

Foto: “O‘zstandart” agentligi

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov prezident topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan "East Mining Invest" qo‘shma korxonasida gazobeton qurilish mahsulotini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Qo‘shma korxonada ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mutaxassislar malakasini oshirish, mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish va sinov laboratoriyasini yuqori aniqlikdagi sinov uskunalari bilan ta'minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Standartlar instituti Matbuot xizmati

Top