22:28 / 05.03.2021
20784

Zelenskiy Saakashvilini o‘z lavozimidan bo‘shatdi

Vladimir Zelenskiy va Mixail Saakashvili

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashvilini shaharsozlik sohasidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashdagi lavozimidan bo‘shatdi. Tegishli farmon Zelenskiyning rasmiy saytida e'lon qilingan.

Kengashda Saakashvili o‘rnini Georgiy Tsxakay egallagan.

Gruziyaning uchinchi prezidenti bo‘lgan Saakashvili 2013 yilda o‘z vakolatlari tugagandan keyin Gruziyani tark etgan. 2015 yilda Ukrainaning o‘shandagi prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashviliga fuqarolik bergan va uni Odessa oblasti gubernatori etib tayinlagan. Biroq Gruziyaning sobiq prezidenti oblastning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashgani sababli lavozimidan bo‘shatilgan va Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan.

Zelenskiy esa 2019 yilda gruziyalik siyosatchiga Ukraina fuqaroligini qaytarishga qaror qilgan va 2020 yil aprelda unga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallashni taklif qilgan. Biroq Saakashvili natijada Ukrainaning islohotlar milliy kengashi ijroiya qo‘mitasi rahbari lavozimini egallagan. 

Top