15:04 / 06.03.2021
3255

Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq sohani tartibga soluvchi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston prezidentining «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ-4845-son qarori)»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub'yektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (25.09.2018 yildagi 765-son VMQ bilan tasdiqlangan) (1);
  • Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalariga (2.10.2018 yildagi 787-son VMQ bilan tasdiqlangan) (2);
  • Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga (6.02.2019 yildagi 95-son VMQ bilan tasdiqlangan) (3);
  • Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (6.02.2019 yildagi 95-son VMQ bilan tasdiqlangan) (4);

28.12.2019 yildagi 1046-son VMQga ilovaga (5).
 
Birinchidan, Nizomga (1) kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish uchun tadbirkorlik sub'yektlarini hududlarga biriktirish elektron tanlov hamda tegishli xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga asosan kamida 5 yil muddatga amalga oshiriladi (ilgari – yoki DXSh to‘g‘risidagi bitimga ham asosan belgilangan). Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi namunaviy bitim (Qoidalarga (3) 2-ilova) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
 
Ikkinchidan, Qoidalar (2) ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalarini tashkil etish va ulardan foydalanish, shuningdek, ikkilamchi xomashyoni tayyorlashga doir asosiy talablar to‘g‘risidagi bob bilan to‘ldirildi.
 
Uchinchidan, Nizomning (4) yangi tahririda quyidagilar qabul qilindi: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi «Toza hudud» davlat unitar korxonalari, ularning tuman va shahar filiallari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarmoq tarif setkasi;
  • «Maxsustrans» davlat unitar korxonasi va ularning tuman (shahar) filiallari, «Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish» davlat korxonasining xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarmoq tarif setkasi.

 
Tarif setkalariga mehnatga haq to‘lash razryadlari kiritildi.

Top