08:12 / 06.03.2021
6238

«Toshkent suv ta'minoti» direktori tayinlandi

«O‘zsuvta'minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021 yil 5 martdagi buyrug‘i bilan Ilhom Tolipov «Toshkent suv ta'minoti» MChJ direktori etib tayinlandi.

«O‘zsuvta'minot» AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov yangi rahbarni jamoa bilan tanishtirib, Toshkent viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashdek mas'uliyatli ishda unga omad tilagani aytiladi.

Ilhom Tolipov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2002-2021 yillarda suv ta'minoti sohasida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar u «Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ direktori o‘rinbosari va «Chimyon-Chorbog‘» MChJ direktori sifatida ishlagan.

Shuningdek, «O‘zsuvta'minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021 yil 5 martdagi buyrug‘i bilan Suhrob Mirjamolov «Chimyon-Chorbog‘» MChJ direktori etib tayinlandi.

Suhrob Mirjamolov 1972 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2010-2021 yillarda suv ta'minoti sohasida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar u «Toshkent suv ta'minoti» MChJ rahbari sifatida ishlagan.

Top