08:01 / 08.03.2021
4262

Hindistonda ishlab chiqarilgan dorilarni 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Toshkent shahrida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Departament xabariga ko‘ra, tadbir davomida fuqaro U.B. dori vositalarini qimmat narxlarda dorixona va uning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritib daromad orttirish maqsadida, Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan jami 15 ming dona “Mesopril Kit” va “Avort-Kit” nomli dori vositalarining har bir donasini 10 ming so‘mdan hisoblab, xaridorga 150 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 5 ming donasini 50 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan U.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixona va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top