16:08 / 08.03.2021
18585

«Liverpul» muxlislari Mbappe uchun pul yig‘ishmoqda

Muxlislarning fikricha, dunyoda «Liverpul» fanatlari 100 millionga yaqin va 250 million funt sterling (291 million yevro) to‘plash uchun har bir kishi 2,5 funtdan berishi kifoya.

Foto: Getty Images

 «Liverpul» muxlislari Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun pul yig‘ishga qaror qilishdi. Pul yig‘ish Gofundme.com platformasida tashkil qilindi.

Ushbu tashabbus mualliflari Harri Glover, Denni Dempsi-Par va Uilyam Nyu bo‘lib, ularning fikricha, dunyoda «Liverpul» muxlislari 100 millionga yaqin va 250 million funt sterling (291 million yevro) to‘plash uchun har bir kishi 2,5 funtdan berishi kifoya.

Muxlislarning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ Mbappa bilan muzokaralar boshlashga yordam beradi. Ayni damgacha 3728 funt sterling yig‘ildi.

Transfermarkt.de portaliga ko‘ra, fransiyalik hujumchi dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. 22 yoshli Mbappe 180 million yevro (154 million funt) deb baholangan.

Top