16:03 / 10.03.2021
20940
Reklama

O‘zbekiston Arxitektorlari ittifoqi Nest One majmuasining xavfsizlik tizimiga baho berdi

Arxitektorlar ittifoqi mutaxassislari ko‘p funksiyali osmono‘par bino qurilishining bosh rejasi bilan batafsil tanishib chiqib, qurilish maydoniga tashrif buyurdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.

Ko‘p funksiyali Nest One majmuasi unda istiqomat qiluvchi aholi va tashrif buyurgan mehmonlar uchun imkon qadar ko‘proq qulaylik va hotirjamlikni ta'minlash maqsadida, tijorat va turar joy binolarida xavfsizlik tizimini tashkil etishga alohida e'tibor qaratadi.

Loyiha bilan batafsilroq tanishish, bino inshootlari, xavfsizlik tizimlarining ishonchliligini xolisona baholash va eng yaxshi mutaxassislar bilan tajriba almashish uchun Nest One O‘zbekiston Arxitektorlari ittifoqi a'zolaridan iborat bo‘lgan mutaxassislar guruhini taklif qildi.

Loyiha Arxitektorlar ittifoqi a'zolariga taqdim etildi, shuningdek, Nest One loyihasi asoschilari Murad Nazarov (Murad Buildings), Ozgur Onur Ozgyuven (Özgüven) va qurilish bosh me'mori Adem Dincharslan shaxsan o‘zlari barcha savollarga javob berdilar.

Mazkur konferensiya, Nest One loyihasining taqdimoti bilan boshlandi, unda mutaxassislarga majmuaning afzalliklari, funksional imkoniyatlari va bosh rejasi batafsil namoyish etildi hamda tavsiflandi. Shuningdek, me'morlar qoziqlar rejasi, yer osti qavatlari va bino tuzilishi, avariyadan himoya qilish tizimlari, binolarning yong‘in xavfsizlik choralari, inshootning seysmik bardoshliligi texnologiyalari, energiyani samarali va uzluksiz iste'mol qilish tizimlari hamda qurilishning boshqa arxitektura-texnik jihatlari bilan tanishdilar.

So‘ng mehmonlarga qurilish maydonchasi bilan tanishish uchun ekskursiya uyushtirildi, unda quruvchilarning ishi to‘g‘ridan to‘g‘ri amalda namoyish etildi.

Ekskursiya yakuniga yetgandan so‘ng panel muhokamasi boshlandi, unda Arxitektorlar ittifoqi a'zolari taqdimot paytida yuzaga kelgan barcha savollarga javob oldilar. Mutaxassislarni nafaqat yong‘in xavfsizligi tizimi, balki osmono‘par binoning seysmik bardoshliligini ta'minlash masalasi ham qiziqtirdi.

«Biz seysmik hududda yashayotganimiz sababli, seysmik bardoshlilik masalasi meni xavotirga soldi. Bugungi kunda bu barcha seysmik standartlarga javob beradigan yer osti qoziqlar bilan qurilgan kam sonli binolardan biri bo‘lib sanaladi. Hamkasabalar bilan suhbat davomida men Nest One osmono‘par binosidan foydalanish muddati necha yil ekanligi bilan qiziqish bildirganimda, ular kamida 100 yil deb javob berdilar. Shaxsan men bunday mustahkam tuzilma 300 yildan ortiq turishi mumkinligiga ishonaman. Biz uchun bu taraqqiyot, biz tom ma'noda yuqoriga qarab o‘sishni boshlayapmiz», - dedi Memorial Architectural Project loyihasi rahbari Mirodil Jamolov.

Mutaxassis, shuningdek, majmuani loyihalashda binolarning ko‘lamiga to‘liq mos keladigan, shinam avtoturargohlar yaratishga alohida e'tibor berilganini, bu aksariyat mahalliy qurilish kompaniyalari tomonidan e'tibordan chetda qolishini ham ta'kidlab o‘tdi.

«Butun shahar Nest One xavfsizlik tizimiga qiziqish bildirmoqda, chunki u bu kabi ko‘lamdagi birinchi binodir. Tashrif buyurish taklifiga biz darhol rozilik bildirdik, chunki bu juda qiziq loyiha. Taqdimotda barcha savollarimga javob oldim. Endi men bino qurilishi muvaffaqiyat bilan yakunlanishini, aholini quvontirishini va shahar me'morchiligida dominant nuqtaga aylanishini juda ham istayman», - dedi Fuqaro Loyiha loyihalash tashkiloti rahbari Irina Kudryavseva.

Konferensiya yakunida Nest One osmono‘par binosi O‘zbekiston Arxitektorlari ittifoqining malakali mutaxassislari, Murad Buildings va Özgüven kompaniyalari o‘rtasida amaliy tajriba almashish uchun ana shunday samarali uchrashuvlar ko‘p marotaba o‘tkaziladigan maskanga aylanishi borasida bir to‘xtamga kelindi.

Tadbir haqida video:

Yagona aloqa markazi: +99871-200-22-88

Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1A.

Sayt: nestone.uz

Facebook: fb.com/nestone.uz

Instagram: @nestone.uz

Youtube: youtube.com/c/nestoneuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top