20:30 / 10.03.2021
9258

Superliga. «Paxtakor» Qarshida 15 daqiqa ichida 3ta gol kiritib, kambek evaziga «Nasaf»ni mag‘lub etdi

Superliga 1-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda amaldagi chempion «Paxtakor» Qarshida kambek uyushtirib, «Nasaf» ustidan g‘alaba qozondi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 35-daqiqada Shohmalik Komilov, 61-daqiqada esa Shokir Yo‘ldoshevning goli evaziga ishonchli hisobda g‘alaba qozonayotganiga qaramay, mehmonlar 15 daqiqa orasida uchta gol kiritib, g‘alabani ilib ketishdi. 72-daqiqada Sardor Sobirxo‘jayev ishlagan penaltini Sardor Rashidov golga aylantirgan bo‘lsa, 80-daqiqada Akmal Mozgovoy avtogol evaziga o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi – 2:2.

87-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev katta sahnaga chiqdi. Chap qanot himoyachisi jarima maydoniga yorib kirib, chap oyoqda Ne'matov qo‘riqlayotgan darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi – 2:3.

Yakunda ushbu gol «Paxtakor»ga mavsumdagi eng muhim g‘alabalardan birini keltirdi. Amaldagi chempion Samarqanddagi Superkubok bahsidan keyin 4 kun ichida ikkinchi marta «Nasaf»ni alamli tarzda mag‘lub etdi. 

Superliga. 1-tur. 10 mart
«Nasaf» - «Paxtakor» - 2:3
Qarshi
, «Markaziy» stadion.
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Gollar: Shohmalik Komilov 35, Shokir Yo‘ldoshev 61 - Sardor Rashidov 72, Akmal Mozgovoy 80, avtogol, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 87.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne'matov, 4.Husniddin Aliqulov, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 15.Jo‘rabek Mannonov, 19.Husayn Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 50.Shoxmalik Komilov (20.Suhrob Nurulloyev, 81), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 70), 5.Anzur Ismoilov, 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (18.Hojimat Erkinov, 46), 9.Eren Derdiyo‘q, 10.Dragan Cheran (19.Sharof Muhitdinov, 66), 11.Yegor Krimets, 21.Abrorbek Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farrux Sayfiyev.

Top