09:00 / 11.03.2021
3942
Reklama

Alfraganus'da tayyor ijara biznesini muddatli to‘lov asosida xarid qiling

Alfraganus savdo mavzesida tijorat ko‘chmas mulkini ikki yillik muddatli to‘lov asosida xarid qilishingiz mumkin.

Bizning Uylar Development kompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik ochiq savdo va dam olish zonasi – Alfraganus savdo mavzesidan tijorat binolarini sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Ikki yillik muddatli to‘lovning qulay shartlaridan foydalangan holda siz yuqori rentabellikdagi ijara biznesi yoki shaxsiy ko‘ngilochar-savdo maskani egasiga aylanishingiz mumkin.

110 000 kvadrat metr maydonga ega hududda tadbirkorlarga biznes va tijoratning turli shakllarini tashkil etish va rivojlantirish uchun 500 dan ortiq tijorat binolari taklif etilmoqda. Loyihaning o‘ziga xos arxitekturasi, ko‘plab sektor va sayr xiyobonlarga ega savdo maydonchasining o‘zgacha formati, shuningdek, mavzedagi binolarining 15 turdagi fasad dizayni bezagi kompaniyangiz individualligini aks ettirib turadi. Bu esa shubhasiz mijozlarni jalb etadi.

Binolardagi shiftning 6 metr balandlikka ega ekanligi sizga joydan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Xarid qilingan joyni esa ikki darajali foydali maydonga aylantirishingiz mumkin. Alohida joylarda ochiq terrasalar mavjud. Bir necha turdagi fasad dizayni va panorama vitrinalar bu yerga tashrif buyuruvchilarning e'tiborini tortadi va biznesingiz rivojining yana bir vositasi sifatida xizmat qiladi.

Savdo mavzesining konsepsiyasi ko‘plab jamoat joylarini va bo‘sh vaqtni qiziqarli o‘tkazish uchun joylar tashkil qilishni o‘z ichiga oladi. Savdo mavzesida kundalik tashrif buyuruvchilarni keng avtoturargoh, mavzega qulay kirish joyi, ko‘plab sayr xiyobonlari, manzarali landshaftga ega ko‘kalamzor maydonlar, san'at obektlari, o‘rindiqlar, favvoralar va boshqa ko‘plab maskanlar kutmoqda.

Sotuvlarning dastlabki bosqichida yuqori rentabellikka ega ko‘chmas mulkni sotib olish uchun imtiyozli davrning barcha afzalliklaridan foydalanish hamda qulay shartlar bilan joy egasi bo‘lish imkoniyatiga egasiz.

Sotuv ofisi har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Sayt: alfraganus.com

Facebook: www.fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top