17:29 / 15.03.2021
6777

Samarqandda «Kobalt»ning mast haydovchisi «Kamaz»ga borib urildi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi «Kobalt» bilan oldinda ketayotgan «Kamaz»ning orqa tomoniga borib urilgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Yana ikki kishi og‘ir tan jarohatlari olgan.

Joriy yil 10 mart kuni soat 20:30 lar atrofida A377 Samarqand-Ayniy xalqaro avtomobil yo‘lining Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi 19 kilometrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Yuqori tezlikda harakatlanib borayotgan «Kobalt» avtomashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda, biroz oldinda ketayotgan «Kamaz» yuk avtomashinasining orqa tomoniga borib urilgan.

Shundan so‘ng, «Kobalt»ning old o‘rindig‘ida o‘tirgan 1993 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan «Kobalt» haydovchisi esa shifoxonada vafot etgan. «Kobalt»ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, «Kobalt» haydovchisi spirtli ichimlik ta'sirida mast bo‘lgan. Shu sababli, u ko‘rish imkoniyatlari past bo‘lgan tungi vaqtda tezlikni belgilangan me'yordan oshirib yuborgan.

Top