12:48 / 16.03.2021
1931

Hindiston elchisi Urganch davlat universitetida o‘quv xonasini ochdi

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar UrDU rektori Bahrom Abdullayev va professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda «Hindiston o‘quv xonasi»ning ochilish tadbirida ishtirok etishdi.

Xona Xorijiy filologiya fakultetida joylashgan bo‘lib, unda innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar, Hindiston madaniyati va urf-odatlari o‘rganiladi.

Top