20:33 / 17.03.2021
7526

Andijondagi shifoxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi

Joriy yilning 17 mart kuni soat 18:42lar atrofida Andijon viloyati Andijon tumani «Do‘stlik» MFY, Shifokor ko‘chasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

Avvalroq, Kun.uz saytining Andijon telegram sahifasi orqali Andijon tumani, «Do‘stlik» MFYda joylashgan qishloq vrachlik punktida yong‘in chiqqani to‘g‘risida video xabar joylashtirilgan edi.  

Mazkur xabar yuzasidan FVV ma'lumot berdi

 Qayd etilishicha, hodisa bugun soat 18:42da Andijon viloyati Andijon tumani «Do‘stlik» MFY, Shifokor ko‘chasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda sodir bo‘lgan. Yong‘in sodir bo‘layotgan joyga Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruvchilari yetib borgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, yong‘indan binoning 100 kv.m maydon tom va shift qismi yonib zarar ko‘rgan. Binoda bo‘lgan 20 nafar bemor o‘z vaqtida xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Shu sababli insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohat olishi qayd etilmagan.  

Hozirda yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilarining sa'y-harakatlari natijasida binoning 500 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Top