18:30 / 18.03.2021
10386

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xurram Teshabayev investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Bu borada prezidentning 15 martdagi qarori qabul qilingan.

Xurram Fattixovich Teshabayev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari — Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

X.Teshabayev yangi lavozimida Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish, Rossiya Federatsiyasi bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan «Loyiha ofisi» faoliyati doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirishni ta'minlashga mas'ul bo‘ladi.

Shuningdek, X.Teshabayev Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga rahbarlik, O‘zbekiston-Yaponiya o‘quv markazi va Respublika hududlaridagi "Loyihalar fabrikasi" tizimiga kuratorlik qilish bo‘yicha o‘z faoliyatini ham davom ettirmoqda.

U 2019 yilning 28 iyunidan beri Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Mavzuga oid
Top