17:27 / 18.03.2021
67609

«Kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa». Putin Baydenning so‘zlariga javob qaytardi

Rossiya prezidenti bu gapni «kinoya va hazilsiz» gapirayotganini aytdi.

Foto: Videodan kadr

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Baydenning so‘zlariga «kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa», deb javob qaytardi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bolalar orasida tarqalgan bu ibora chuqur ma'noga ega.

«Biz doim boshqalarda o‘z xususiyatlarimizni ko‘ramiz. Boshqalarning harakatlarini shundan kelib chiqib baholaymiz», — dedi u.

Rossiya prezidenti AQSh prezidentiga salomatlik tilashini qo‘shimcha qildi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi so‘zlariga «juda yomon» deb izoh bergandi.

Avvalroq Jo Bayden AVS telekanaliga intervyu berar ekan, «Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?» degan savolga «Ha» deb javob qaytargandi.

Mavzuga oid
Top