13:13 / 18.03.2021
9385

Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi 

Bugun, 18 mart kuni soat 9:20lar atrofida Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, kuchli shamol oqibatida “Xalq banki” Boyovut filiali binosining tom qismi qulab tushdi.

Qayd etilishicha, tom qismi binoning janubi-g‘arbiy qismidagi, odatda fuqarolar bo‘lmaydigan qismiga tushgan.

Voqea joyiga soat 9:30larda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boyovut tumani bo‘limi mutaxassislari yetib kelgan va yuzaga kelgan talafot oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytiladi.

Top