08:08 / 18.03.2021
1385

Tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi muammolar Andijonda qanday yechim topmoqda?

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan tashkil etilgan “Tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi islohotlar” mavzusidagi press-tur va matbuot konferensiyasi tashkil etildi.

Press-tur davomida dastlab OAV xodimlari “Qo‘rg‘ontepa gaz to‘ldirish shoxobchasi” faoliyati bilan qisqacha tanishtirildi.

Jamiyat tomonidan viloyat bo‘yicha 423 mingdan ortiq iste'molchilarga 584 ming donadan ziyod maishiy gaz ballonlari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Iste'molchilarning gaz ballonlar bilan ta'minlanganlik darajasi 137 foizga yetkazilgan. Barcha iste'molchilarga 3ta gaz to‘ldirish stansiya va shoxobchalari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilganligi ta'kidlandi.

Viloyatda 221 013ta xonadonga zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, 37 365 donasi  ko‘p qavatli uylarga, 177 404 donasi esa hovli uylarga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. “Aqlli” gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish dastlab Andijon shahridagi “Mustaqillikning 20 yilligi” MFY o‘ramida joylashgan Uchqo‘rg‘on ko‘chasida boshlangan bo‘lib, shu kunga qadar viloyat bo‘yicha 104 122ta xonadonga hisobdonlar o‘rnatib bo‘lindi. 

Press-tur yakunida matbuot konferensiyasi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri elektron hisoblagichlar o‘rnatilgandan so‘ng tabiiy gaz bosimining tushib ketayotgani va bu holatga nima sabab bo‘layotgani yuzasidan mutasaddilarga savol bilan murojaat qildi.

Mutasaddilarning ta'kidlashicha, gaz bosimi pasayishiga sabab elektron hisoblagichlarning ayrimlarida kuzatilayotgan nosozliklar va tabiiy gazdan yuzaga kelgan qarzdorlik bartaraf etilmaganligida. Yuqoridagi holatlar kuzatiladigan bo‘lsa, fuqaro o‘z hududidagi gaz ta'minoti filiallariga murojaat qilishi mumkinligi aytib o‘tildi

Top