23:11 / 19.03.2021
17873

Instagram, WhatsApp va Facebook faoliyatida uzilishlar kuzatildi

Foydalanuvchilarning 95 foizi WhatsApp serveriga ulanib bo‘lmayotganligidan, 2 foizi esa veb-saytga kira olmayotganligidan shikoyat qilgan.

Foto: KUN.UZ /Muhammadjon G‘aniyev

Foydalanuvchilar WhatsApp messenjeri hamda Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari faoliyatida uzilishlar bo‘layotganidan shikoyat qildi. Bu haqda Downdetector servisi ma'lum qilmoqda.

Foydalanuvchilarning 95 foizi WhatsApp serveriga ulanib bo‘lmayotganligidan, 2 foizi esa veb-saytga kira olmayotganligidan shikoyat qilgan.

 Instagram ishidan shikoyat qilganlarning 56 foizi ijtimoiy tarmoq yuklanmayotganligini, 25 foizi tarmoqqa kirib bo‘lmayotganini, 17 foizi esa sayt ishida nosozlik kuzatilayotganini bildirgan.

Facebook foydalanuvchilari saytdagi muammolar (87 foiz) va ijtimoiy tarmoqqa kirib bo‘lmayotganidan (12 foiz) shikoyat qilgan.

Mavzuga oid
Top