09:25 / 19.03.2021
20241

Turkiyaga Suriya tomonidan raketa zarbalari berildi

Turkiyaning Kilis viloyati Suriya tomonidan raketa zarbalariga uchradi. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.  

Turkiya mudofaa vazirligi saytida ma'lum qilinishicha, Suriyadan uchirilgan raketalar Kilisdagi kimsasiz hududga tushgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan va hech qanday zarar yetmagan.    

Turk harbiylari zarbalarga darhol javob qaytargan va otishma olib borilgan nuqtalarni o‘qqa tutgan. Turkiya Rossiya tomonidan Suriyadan otishmalar to‘xtalishini so‘ragan. 

CNN Turk telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Kilisga Suriya shimolidagi Tal-Rifat shahridan uchirilgan ikkita raketa tushgan. Raketalar cho‘l hududiga tushgan va portlamagan. Voqea joyiga harbiylar, politsiya va viloyat gubernatori yetib kelgan.  

Top