08:03 / 20.03.2021
3766

Parkentdagi transformator nimstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Parkent tumani "Quyosh" MFYda joylashgan transformator nimstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, kecha, 19 mart kuni soat 16:10da Toshkent viloyati Parkent tumani "Quyoshli"  MFYda ochiq maydonda joylashgan transformator nimstansiyasida moy mahsuloti yongan. 

Voqea joyiga 4ta yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:27da yetib borib, soat 16:35da yong‘in to‘liq qurshab olingan va xavfni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi ma'lumotda.  

Bundan oldin, Toshkentda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqandi.

Top