11:46 / 20.03.2021
4979

Samarqandda 3500 dollar evaziga fuqaroni harbiy xizmatga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 3500 AQSh dollari evaziga fuqaroni harbiy xizmatga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasi ma'lum qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.T. fuqaro K.N.ni harbiy xizmatga jo‘natish hamda shartnoma asosida harbiy xizmatda qolish masalasini harbiy xizmatda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 3 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan U.T.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top