11:58 / 21.03.2021
4115
Reklama

Dream City Development kompaniyasi barchani Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi

Dream City Development kompaniyasi O‘zbekiston aholisini bahor bayrami – Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi. Uzoq asrlar davomida ko‘plab millat va elatlarni birlashtirgan Navro‘z haqiqiy ma'noda uyg‘onishni aks ettiradi. Kun va tun tenglashgan ushbu kun yangiliklar, ishonch-umidlar va farovonlikning ramzi hisoblanadi.

Bayramning qadimiy an'analari ko‘p asrlar davomida odamlar orasida mehr-shavqat, tinchlik, do‘stlik, birlik va o‘zaro ahillik tuyg‘ularini singdirgan. Chuqur tarixiy ildizlari sabab ushbu bayram YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Mazkur ayyom ko‘p millatlarning qadimiy bayrami bo‘lib, millatlararo va konfessiyalararo chegaralarni chetlab o‘tib umumiy madaniyatining bir qismiga aylangan.

Bugungi ajoyib kunda kompaniya barchaga quvonch, xotirjamlik, umidlar va ​​porloq kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonchni tilaydi. Hamjihatlik, mehr-oqibat har doim o‘zbek xalqi ma'naviyatining asosi bo‘lib kelgan. Ushbu fazilatlar tufayli biz hayot qiyinchiliklarini yengamiz.

Bu kun bahoriy kayfiyat, yangi va baxtli kunlar, ulkan quvonchlar olib kelsin! G‘alabalarimiz yorqin, har bir boshlagan ishimiz muvaffaqiyatli bo‘lsin. Barchaning xonadoniga tinchlik-totuvlik, baxt-saodat, to‘kin dasturxon va farovonlik tilaymiz!

Dream City Development kompaniyasi

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top