19:28 / 24.03.2021
27625

Bosh prokuror o‘rinbosari: Budjetdan ajratilgan 10 trln so‘mdan 845 mlrd so‘mi talon-toroj qilingan

O‘zbekistonda 2020 yilda manzilli dasturlarga yo‘naltirilgan 10 trln so‘mning 845 mlrd so‘mi talon-toroj qilingan. Bu haqda prezident raisligidagi videoselektorda so‘zga chiqqan bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov ma'lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘rilayotgan choralarga qaramay budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari kamaymayotganiga e'tibor qaratdi.

«Menga «o‘g‘irladi» degan gap juda og‘ir botadi. Shaxsan o‘zim kimnidir qamab yuborishga buyruq bermaganman. 25 yil qamash bilan shug‘ullandik, lekin korrupsiya yo‘qolmadi. Endi Mavlonovga katta topshiriq, aholi va OAV nazoratini yo‘lga qo‘yib, talon-torojliklarning oldini olishi zarur», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavlonov mablag‘lar sarflanishida onlayn nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishini, bu jarayonlarga OAV vakillari ham jalb qilinishini aytib o‘tdi.

Top