07:49 / 24.03.2021
3992

Bugun O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Top