17:45 / 24.03.2021
5100

Pandemiya davrida amerikalik milliarderlarning boyligi 1,3 trln dollarga ko‘paygani ma'lum qilindi

Bir yil davomida AQShdagi milliarderlar soni 43 nafarga oshib, 657 nafarga yetgan.

Jyeff Bezos, Ilon Mask va Mark Tsukerberg / Foto: Getty Images

Americans for Tax Fairness huquqni himoya qilish tashkiloti va Siyosiy tadqiqotlar instituti e'lon qilgan hisobotga ko‘ra, oxirgi 12 oy davomida amerikalik milliarderlarning umumiy boyligi miqdori 1,3 trln dollarga yoki pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan 44,6 foizga ko‘paygan.

Pandemiya davrida AQShdagi milliarderlar soni 43 nafarga oshib, 657 nafarga yetgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Ilon Maskning boyligi 559 foizga yoki 137 mlrd dollarga, Jyeff Bezosning boyligi 58 foizga yoki 65 mlrd dollarga, Mark Tsukerbergning boyligi 86 foizga yoki 47 mlrd dollarga ko‘paygan.

Ushbu davr mobaynida eng ko‘p daromadga erishgan milliarderlar texnologiya sohasida faoliyat yuritadi. Keyingi o‘rinda moliya va investitsiya yo‘nalishidagi milliarderlar joylashgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning 21 martidan shu yilning 20 fevraligacha qariyb 80 mln kishi ishsiz qolgan.

Top