09:31 / 24.03.2021
9104

Yashnobod tumanida to‘xtab turgan «Lasetti» yonib ketdi

Joriy yilning 24 mart kuni soat 02:00larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasida joylashgan 70-uyning old tomonida to‘xtab turgan, fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan "Lasetti" rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Yong‘indan avtomobilning ma'lum qismi zararlangan.

Hodisa yuzasidan Yashnobod tumani FVB va IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

“Barcha haydovchilardan transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo‘lishni, avtomobildagi elektron moslamalarni mutaxassislar nazoratidan o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turishni so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda. 

Top