07:46 / 25.03.2021
4696

Bugun O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Toshkent viloyatining ba'zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-24 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir, qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 11-16 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Top