10:11 / 25.03.2021
69902

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish bo‘yicha yangi antirekord. Yana bir bemor vafot etdi

24 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich yil boshidan beri rekord darajaga yetdi. 2020 yil dekabridan buyon ilk marta ketma-ket ikki kun o‘lim holatlari qayd etildi.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, kecha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 138taga oshib, 81 ming 816taga yetgan. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir. Shuningdek, Toshkent shahrida kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari so‘nggi oylarda ilk marta yuzdan oshdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari  Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari  Namangan viloyatida,
  • 2 nafari  Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Toshkent viloyatida,
  • 111 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 624 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Xorazm viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 19 nafar,
  • Toshkent shahrida 71 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80143 (+98) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1049 nafar bemor davolanmoqda, shundan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top