11:03 / 25.03.2021
4794

Toshkentning ayrim hududlarida issiqlik ta'minoti va issiq suv o‘chirildi

Toshkent shahrining Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasidan o‘tuvchi issiqlik tarmog‘ida avariya holati yuzaga keldi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu sababli ayni vaqtda tezkor ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, quyidagi manzillarda issiqlik ta'minoti va issiq suv vaqtincha to‘xtatildi: 

  • Amir Temur ko‘chasi;
  • Sodiq Azimov ko‘chasi;
  • Maxtumquli ko‘chasi;
  • G‘ulomov ko‘chasi;
  • Shahrisabz ko‘chasi;
  • Markaz-1 mavzesi;
  • Markaz-2 mavzesi;
  • Markaz-4 mavzesi.                                                                      

Ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach, issiqlik va issiq suv ta'minoti qayta tiklanadi. 

Mavzuga oid
Top