09:38 / 26.03.2021
1507

Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha bo‘lmaydi

Joriy yilning 26 mart kuni Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib boriladi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shu sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Chilonzor tumanida soat 10:00dan 18:00gacha:

  • "Ko‘tarma" MFYda;

Sergeli tumanida soat 11:00dan 18:00gacha:

  • “Oxunboboyev” MFYda;
  • “Sa'diy” MFYda gaz bo‘lmaydi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. 

Top